Prezident “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonunni qayta ko‘rib chiqish uchun qaytardi - Alisher Qodirov

Prezident “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonunni qayta ko‘rib chiqish uchun qaytardi - Alisher Qodirov

"Milliy tiklanish" partiyasi rahbarining so'zlariga ko'ra, Shavkat Mirziyoyev to'rt yildan ko'proq vaqt oldin Senat tomonidan qabul qilingan hujjatni zamonaviy talablarga muvofiqlashtirishni topshirgan.

"Milliy tiklanish" partiyasi rahbari Alisher Qodirov 16-yanvar kuni bo'lib o'tgan matbuot anjumanida Shavkat Mirziyoyev "Davlat tili to'g'risida"gi qonunni parlamentga qayta ishlab chiqish uchun qaytarganini ma'lum qildi.

"Prezident qonunni uni qayta ishlab chiqish bo'yicha o'z takliflari bilan birga Qonunchilik palatasiga qaytargan. Bu takliflar juda to'g'ri. Biz hatto buni olqishladik. Chunki "Milliy tiklanish" partiyasi birinchi va ikkinchi o'qish bosqichlarida qonunga kiritilishi kerak bo'lgan bir qator normalarni o'z ichiga ololmagan edi", - dedi Alisher Qodirov.

Uning qo'shimcha qilishicha, Shavkat Mirziyoyev qonunni bugungi global chaqiriqlar va qadriyatlar sharoitida zamonaviy talablarga muvofiqlashtirishni topshirgan.

"Bu juda xursandchilikli va hozirda biz ushbu qonun ustida ishlamoqdamiz", - deya qo'shimcha qildi partiya rahbari.