Metan yoqilg’isi quyish shoxobchalari 11 fevraldan boshlab bosqichma-bosqich normal ish rejimiga qaytadi

Metan yoqilg’isi quyish shoxobchalari 11 fevraldan boshlab bosqichma-bosqich normal ish rejimiga qaytadi

11 fevraldan  soat 9:00 dan boshlab barcha hududlarda, jumladan, Fargʻona vodiysi viloyatlarida metan yonilgʻi quyish shoxobchalari bosqichma-bosqich odatdagidek ishlay boshlaydi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.


Eslatib o’tamiz, Energetika vazirligi 20 yanvardan boshlab havo harorati pasayishi munosabati bilan butun respublika bo’ylab metan yoqilg’isi quyish shoxobchalari faoliyatiga cheklovlar joriy qilgan edi.


Keyinchalik, 2 fevraldan boshlab cheklovlar yumshatildi va yoqilg’i quyish shoxobchalariga soat 10:00 dan 16:00 gacha ishlashga ruxsat berildi.