Университет филиалини очиш учун 100 минг доллар пора олишда Таълим вазирлиги ходими ушланди

Университет филиалини очиш учун 100 минг доллар пора олишда Таълим вазирлиги ходими ушланди

Oʻzbekiston Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi xodimi 100 ming dollar olgan vaqtda qoʻlga olindi.

Vazirlikning taʼlim muassasalarini litsenziyalash boʻlimi bosh mutaxassisi Qarshi shahridagi xususiy OTM mansabdor shaxsidan ushbu OTMning Surxondaryoda filialini ochish uchun litsenziyani tezlashtirib berish evaziga 100 ming dollar talab qilgan.

Tezkor tadbir davomida vazirlik xodimi talab qilingan pulni olgan vaqtda qoʻlga olindi.

Ushbu holat yuzasidan DXX Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismining "a" bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanildi. Tergov harakatlari davom etmoqda.